Jahon | 13:35 / 02.02.2019
4650
1 daqiqa o‘qiladi

Kiprda tadbirkorlarga «oltin pasportlar» berish qoidalari kuchaytirildi

Foto: Yannis Behrakis/Reuters

Kiprda yirik sarmoyadorlar va tadbirkorlarga beriladigan «oltin» pasportlar olish jarayonini qiyinlashtiruvchi qonun loyihasi qabul qilindi. Bu haqda Cyprus Times yozmoqda.

Qayd etilishicha, fuqarolikni olishning yangi qoidalari hali ma'lum emas. Hukumat ularni 2020 yilgacha ishlab chiqishi kerak. Biroq, nashr ma'lumotlariga ko‘ra, pasport xorijiy fuqarolarga qonun hujjatlarida yozib qo‘yilgan shartlar va talablarni inobatga olgan holda beriladi.

Qonun loyihasi tarafdorlari so‘zlariga ko‘ra, yangilik Kiprning obro‘sini himoya qilishga yordam beradi.

Qonun loyihasi 29 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, 17 kishi qarshi chiqdi, deya xabar beradi nashr.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid