Bugun, 1 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi tashkil etildi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov, vitse-prezident Ahmadjon Rahimov va Ijroiya qo‘mita a'zolari ishtirok etishdi.
Qo‘mita matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, yig‘ilishni Umid Ahmadjonov ochib bergan. «Bugungi yig‘ilishimizdan asosiy maqsad Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik masalasidir. MOQ Ijroqo‘m a'zolarining har biri o‘z fikrini bildirish huquqiga ega», degan u.
«Xabaringiz bor, Yaponiya mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlari uchun MOQ tomonidan strategiya ishlab chiqilgan. Bugun ana shu reja bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringizni, takliflaringizni bildirishingiz mumkin bo‘ladi», – deya davom etgan Ahmadjonov.

«Sir emaski, asosiy maqsadimiz Tokio Olimpiadasida yaxshi natija ko‘rsatib, xalqimizni, Prezidentimizni xursand qilishdir. 2019 yil lisenzion yil hisoblanadi. Shuning uchun, sport federatsiyalari bir yoqadan bosh chiqargan holda ish olib borishimiz lozim. Chunki, barchamizning maqsadimiz bir», – deya ta'kidlagan MOQ prezidenti.
Kun tartibiga binoan, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov ham so‘zga chiqar ekan, ushbu strategiyani ishlab chiqishdan maqsad va vazifalarni tushuntirib bergan. Unga ko‘ra, endilikda terma jamoa a'zolarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yangicha tizimda olib boriladi. Avvallari tayyorgarliklar jamoaviy tartibda olib borilgan bo‘lsa, endi individual tayyorgarlikka alohida e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, jismoniy va farmakologik tayyorgarlik bo‘yicha ham alohida ish olib borish lozimligi ta'kidlangan.

Yig‘ilish davomida endilikda har bir sport federatsiyasiga oshpaz biriktirilishi ma'lum qilindi. U terma jamoa diyetologi va shifokori bilan birgalikda ish olib boradi va Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarga biriktiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MOQ Tokio Olimpiadasiga litsenziya qo‘lga kiritgan har bir sportchi uchun 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti ajratishi

















