Mamlakatimiz rahbarining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasida “Jahon tajribasi şuni körsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bölsa, öz iqtisodiyotining barqaror ösişiga erişgan. Şu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, özbekça aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolağa bölmaydi.

Foto: Özpaxtasanoat

Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilğor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”,-degan edi.  

Çindan ham investitsiya har qanday mamlakatning iqtisodiyotini harakatga keltiruvçi va uning taraqqiyotini ta'minlovçi muhim kapital manbai sanaladi. Çunki yönaltirilgan sarmoyalar işlab çiqarişni rağbatlantiriş asnosida qöşimça iş örinlarini yaratilişi, işlab çiqariş vositalarining modernizatsiyasi va yangilanişida muhim omil vazifasini ötaydi, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalaşuvini jadallaştiradi.

Şu bois, mamlakatimizda iqtisodiy ösişni ta'minlovçi şartlardan biri bölgan investitsiyalarni faol jalb qiliş masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Joriy 2019 yilning "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili" deb nomlanganining özi masalaning naqadar muhim ekanini körsatib turibdi.  

“Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida ham davlatimiz rahbari topşiriqlari, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari hamda 2017 yil 28 noyabrdagi “Paxtaçilik tarmoğini boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 3408–sonli Prezident qarori ijrosi doirasida tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etiş borasida bir qança amaliy işlar olib borilmoqda.

Foto: Özpaxtasanoat

Ma'lumot örnida aytiş kerakki, tarmoqda 2018 yil davomida amalga oşirilgan investitsion loyihalarning umumiy qiymati 95mlrd. sömni taşkil etdi. Bunda loyiha taşabbuskorlari uluşi73.5 mlrd. söm, qolgan 21.2 mlrd.sömi bank kreditlari hissasiga töğri keladi.Hozirga qadar belgilangan tartibda köplab loyihalar tizimga tatbiq qilinmoqda.