Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda O‘zbekiston va Xitoydan noqonuniy migratsiya kanali bartaraf etildi
Qozog‘istonning Olmaota shahri politsiya departamenti ichki ishlar vazirligining migratsiya xizmati qo‘mitasi xodimlari O‘zbekiston va Xitoydan odamlarni noqonuniy migratsiya qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi vakili Almas Sadubayev ma'lum qilgan.
Chimkentda o‘tkazilgan maxsus operatsiya 31 yanvarda amalga oshirilgan. Oqibatda 200 dan ko‘proq xorijlikni ushlashga muvaffaq bo‘lingan.
Shahardagi tashkilotlardan biri hududida Xitoyning 73 fuqarosi va O‘zbekistonning 137 fuqarosi ushlangan.
Huquq-tartibot idoralarining o‘rnatishicha, Xitoydan muhojirlar tranzit aviareyslar yordamida kelishgan. Ular Qozog‘iston hududiga kelgach, qonunlarga xilof ravishda u yerda qolishgan. Hozirda bu odamlarni deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Ta'kidlanishicha, noqonuniy kanal Xitoyning 2 fuqarosi va bir qozog‘istonlik ayol tomonidan tashkillashtirilgan.
Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 394-moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
12:12 / 09.06.2026