14:25 / 02.02.2019
33435

Yangi keskinlashuv. Putin Rossiya raketalar bo‘yicha bitimdagi ishtirokini to‘xtatishi haqida ma'lum qildi

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimda ishtirok etishni to‘xtatishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Biz quyidagicha yo‘l tutamiz. Bizning javob xuddi shunday bo‘ladi. Amerikalik sheriklar bitimdagi ishtirokni to‘xtatayotganliklari haqida e'lon qilishdi, biz ham to‘xtatamiz», - deya ma'lum qildi u mudofaa va tashqi ishlar vazirlari Sergey Shoygu hamda Sergey Lavrov bilan uchrashuvda.

Putin O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim masalasi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga urinishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma bergan.

«Bizning bu sohadagi barcha takliflarimiz stolda qolib ketyapti, muzokaralar uchun eshiklar ochiq, - dedi davlat rahbari. - Shu bilan birga, ikkala vazirlikdan bu muammo yuzasidan hech qanday muzokaralar tashabbusi bilan chiqmaslikni so‘rayman». «Hamkorlarimiz biz bilan bu muhim mavzu bo‘yicha teng huquqli, aniq muloqot olib borishga tayyor bo‘lishini kutamiz. Bu ham biz uchun, ham sheriklarimiz, ham butun dunyo uchun muhim», - deya aniqlik kiritdi u.

Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, RFning o‘rta va kichik masofadagi raketalari, AQSh xuddi shunday qurolni joylashtirmagunicha, dunyoning u yoki bu mintaqalarida paydo bo‘lmaydi.

AQSh va NATO Rossiyani O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimni buzganlikda ayblamoqda - 9M729 raketa tizimi uning shartlariga zid ekani aytiladi. Rossiyaning iddao etishicha, ushbu raketa masofasi 500 kilometrdan oshmaydi, bitim shartlari esa buzilmagan. 4 dekabr kuni AQSh agar Rossiya 60 kun ichida uni bajarishga qaytmasa, bitimdan chiqishi haqida ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh tomoni raketalar bo‘yicha bitimni qachon to‘xtatishi ma'lum qilingandi.

Top