Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kelish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi
30 yanvar kuni «Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi» mavzusida seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi vizalari rasmiylashtirilishi tartibi va muddati, xorijlik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kelishi va ketishi huquqi bo‘yicha hujjatlar, tovarlarni olib kirish va olib chiqish tartibi, xorijlik fuqarolarning bu yerda bo‘lish tartibi va ularga mehmonxona xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Muhokama chog‘ida ishtirokchilar vaqtinchalik ro‘yxatga olish, chegarani kesib o‘tish va tovarlar olib o‘tish haqida, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi yordam liniyalari bilan bog‘liq savollarni berib o‘tishdi.
Seminarda jurnalistlar, turoperatorlar, ishbilarmonlar va turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa shaxslardan iborat jami 150 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.
Yakunda vazirliklar va idoralar vakillari ishtirokida shunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etishni davom ettirish so‘raldi.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
22:25 / 04.10.2024
Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
22:50 / 04.09.2024
AQSh xorijlik talabalarga viza berish jarayonini soddalashtirdi
13:09 / 31.08.2024