Chechenistonda «Yandeks.Taksi»ga qarshi chiqishdi
Chechenistonlik taksichilar respublika bozoriga «Yandeks.Taksi» agregatori kirib kelishiga qarshilik bildirib hukumatga murojaat bilan chiqishdi, deb yozadi «Kommersant'».
Murojaat tashabbuskorlaridan biri «Groznenskoye taksi» servisi rahbari Salamu Mextiyev bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston taksichilari tayyor bozorga kirib keladigan yirik ishtirokchi bilan raqobat qilishga tayyor emas. Nashrning qayd etishicha, bu murojaatni hukumat qo‘llab-quvvatlagan.
Mazkur vaziyatga «Siniye vederki» harakati koordinatori Pyotr Shkumatov ham e'tibor qaratdi. U Facebook sahifasida agregatorlar odatda yangi hamkorlariga manfaatli hamkorlik shartlarini taklif qilishini, ammo taksopark mijozlar bazasidan mahrum bo‘lganidan so‘ng shartlarni o‘zgartirishini yozdi.
Nashrga fikr bildirgan ekspertlar ham agregatorlar ko‘pincha haydovchilarga yo‘lovchi tashish qiymatini subsidiya qilishini tasdiqlashgan. Ammo keyinchalik subsidiyalar to‘xtaydi, haydovchi uchun yo‘lovchi tashish rentabelligi esa eng quyi darajagacha tushib qoladi.
Mavzuga oid
15:10 / 12.11.2024
Zarema Musayevaga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi
12:27 / 06.11.2024
«Memorial» Chechenistonda erkaklar ommaviy qo‘lga olinayotganini ma’lum qildi
18:15 / 02.11.2024
Ramzon Qodirov Ukraina jangchilarini tiriklayin asirga olmaslik haqidagi buyrug‘ini bekor qildi
09:50 / 31.10.2024