Hindiston aeroportida yölovçining bagajidan bir oylik qoplon topildi, deya xabar bermoqda «Bi-bi-si».
Ta'kidlanişiça, Tailanddan Hindistonga kelgan aviayölovçi bojxonaçilar sumkasidan qoplon bolasini topişgaç, aeroportda qölga olindi.
Erkak aeroport xodimlari uning yukidan kelayotgan ğalati tovuşni eşitişganidan söng şubha uyğotgan, sumkada esa oğirligi taxminan bir kilogramm bölgan qoplon bolasi yaşirib qöyilgan.
«Hayvon şok holatida bölib, asabiy tovuşlar çiqargan hamda kuçsiz körinardi», - deya aytib ötişdi aeroport vakillari.
45 yoşli qölga olingan erkakning nomi oşkor etilmayapti, u bojxona xodimlari yuk haqida savol berişganida, «tuşunarsiz javoblar qaytargan». Ayni paytda rasmiylar gumonlanuvçi xalqaro kontrabanda taşkilotiga a'zoligini aniqlaşga urinmoqdalar.
Naşr ma'lumotlariga köra, qoplon bolasi Çennaydagi zoologiya boğiga olib borilgan, u yerda unga ğamxörlik qilişyapti.

















