Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko prezidentlikka nomzodini röyxatdan ötkaziş uçun hujjat topşirdi. Bu ma'lumotni uning matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko tasdiqladi.
"Uşbu bayramona kunda Pyotr Poroşenko prezidentlikka nomzodini röyxatdan ötkaziş uçun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topşirdi", - deb yozdi u Facebook sahifasida.
Poroşenko ikkinçi muddatga nomzodini ilgari surişini Kiyevda ötayotgan “Krutdan Bryusselgaça” forumida ma'lum qilgandi.
Ukrainada prezident saylovi 31 martda bölib ötadi.


















