Rossiya harbiy kemalarida raqib qöşinlarida gallyutsinatsiya çaqiruvçi maxsus majmualar örnatila boşlandi. Bu haqda NSN xabar berdi. 

Vizual-optik xalaqitlar stansiyasi 5P-42 “Filin” “Admiral flota Sovetskogo Soyuza Gorşkov” va “Admiral flota Kasatonov” fregatlarida örnatildi. Qurilma “Şimoliy verf” kemasozlik zavodida qurilayotgan yana ikkita kemada örnatiladi.  

Majmua duşmanning közini qamaştiriş va unda gallyutsinatsiyalar çaqirişga qaratilgan. Bunday effekt köriş asablariga ta'sir qiluvçi yorqinlikning past çastotali tebranişlari orqali ta'minlanadi. 

Ayni vaqtda “Admiral flota Sovetskogo Soyuza Gorşkov” fregati sinovlarning yakunlovçi bosqiçidan ötmoqda. Kema konstruksiyasida kompozit materiallar hamda uni radiolokatorlarga kam seziladigan qiluvçi konstruktorlik yeçimlari qöllangan.