Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari bilan hamkorlikda Urganç şahri hududida sifatsiz, qölbola usulda quyilgan paxta yoği mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan şuğullanib kelayotgan fuqarolarni aniqlaş maqsadida tezkor tadbir ötkazişdi, deb xabar bermoqda DBQ axborot xizmati.
Ma'lum qilinişiça, Urganç şahrida yaşovçi fuqaro R.S öziga tegişli bölgan omborxonada 4750 litr qölbola usulda quyilgan paxta yoği mahsulotlarini qayta sotiş maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.
«Dastlabki hisob kitoblarga köra mazkur sanitariya-gigiyena talablariga mutlaq javob bermaydigan ombordagi sifatsiz yoğning umumiy qiymati 57,5 million sömni taşkil qildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda», — deyiladi qömita axborotida.

















