Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov 4 fevral kuni ötkazilgan «hokimlik soati» davomida deputatni sarson qilgan amaldorlar xatti-harakatini tanqid qildi. Bu haqda Kun.uz  muxbiri xabar bermoqda. 

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev avvalroq özining Telegram-kanalida «kötarinki ruxda ötayotgan uçraşuvlardan farqli ravişda yuz bergan «proval»ga  töxtalib, köpçilik nomidan öz taşakkuri»ni bildirib qöygandi.

«Avvalo Zangiota tumanining Örta ovul hududidagi uçraşuvimiz haqiqatan jonli bölib,  unda ayniqsa mahalliy hokimiyat doirasida hal qilinişi lozim bölgan köplab masalalar bölganligini aytib ötiş kerak. Lekin qança iltimos qilmay, hokimlik «heç bölmasa» uçraşuvga vakilini ham yubormadi. Bu kiçik «proval» uçun ularga taşakkur. Odamlar bilan uçraşişga yo yuz, yo sabr çidamayotgan bölsa kerak», — deb kinoya qilgan u.

Deputatning yozişiça, «Yangiyöl şahridagi butun boşli uçraşuv haqida odamlarga xabar berilmagan». 

«Bunaqa şarmandali vaziyatni uyuştiriş unça munçaga emas. [...]  Eh...bu işlar deputatning obrösini tökiş va bir çetda turib, kuliş uçun atayin uyuştirilmaganligiga qattiq işongim kelayapti», — deb yozadi u.  

Viloyat hokimi ham «şarmandagarçilik» deb atalgan uşbu masala yuzasidan keskin munosabat bildirgan. U taşkiliy işlarda kamçilikka yöl qöygani uçun Yangiyöl şahri va Zangiota tumani hokimiyati taşkiliy-nazorat guruhi rahbarlariga «xayfsan» berilişini ta'kidlagan.