Joriy yil 29 yanvar kuni Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan tayyorlangan “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qöşimça kiritiş töğrisida”gi Qonun loyihasi Özbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirildi.
Mazkur loyiha bilan öz xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoşlari tomonidan ğayriqonuniy ravişda tajovuz qilinişi yoki ularga tan jarohati yetkazilişidan iborat qilmişlarni Jinoyat kodeksining bezorilik uçun javobgarlikni közda tutuvçi 277-moddasi bilan kvalifikatsiya qiliş hamda uşbu harakatlarni oğirlaştiruvçi holat sifatida baholaş taklif etilmoqda, deb xabar beradi Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati Kun.uz’ga.
Bugungi kunda bemorning ölimi yoki soğliği holati yomonlaşişida biror-bir aybi bölmasa-da, şifokorni ayblaş va unga noqonuniy tajovuz qiliş holatlari köpayib ketmoqda. Oxirgi paytlarda bunday ğayriqonuniy tajovuz aks etgan tasvirlar turli ijtimoiy tarmoqlarda uçraşi holatlari köpayib qoldi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati
– Tahlillar şuni körsatmoqdaki, amaldagi jinoyat qonunçiligida xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz qiliş, ularga bu jarayonda tan jarohati yetkaziş uçun javobgarlik çoralari nisbatan yengil hisoblanadi, – deydi Soğliqni saqlaş vazirligi yuridik bölim boşliği Ruslan Muhammadiyev. – Oqibatda xizmat vazifasini ötab turgan tibbiyot xodimlarining soğliğiga hattoki, tiklab bölmaydigan jarohat yetkazgan aybdor şaxslar ham ayrim hollarda heç qanday jazo ötamasdan qolib ketmoqda. Bu esa tibbiyot xodimlarida özlariga nisbatan sodir etilgan tajovuzlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat etişdan heç qanday naf yöq, degan tuşunça paydo bölişiga sabab bölmoqda. Kuzatuvlar bunday ğayriqonuniy tajovuzga uçragan şifokorlarning beştadan faqat bittasigina huquqni muhofaza qiluvçi organlarga aybdorni javobgarlikka tortişni sörab murojaat etişayotganligini körsatmoqda.
Yaqindagina Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan “Ipoteka bank” binosi oldida Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimiga nisbatan zöravonlik qilgan haydovçiga nisbatan sud hukmi öqilib, u ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga tortilganligi töğrisidagi xabarlar ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlarida keng tarqaldi.
Ötgan yil 3 avgust kuni Farğona viloyati Oltiariq tumanida fuqaro M.M. tez tibbiy yordam xodimlarining keç yetib kelganini, ular kelgunga qadar bobosining vafot etganini aytib, tez tibbiy yordam şifokori Ş.Sirojiddinovga örtaça oğir darajadagi tan jarohati yetkazgani köpçilikka ma'lum. Vaholanki, ayni holatda şifokor bemorning yaşaş manziliga 10 daqiqa içida yetib borgan va borgan paytda bemor allaqaçon vafot etgan bölgan.

















