Ozarbayjon Qişloq xöjaligi vazirligi delegatsiyasi «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatida bölib, uning tarkibidagi korxonalarda işlab çiqarilgan zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari bilan tanişdi. Tadbirda Ozarbayjon delegatsiyasi bilan «Özagrotexsanoatxolding» AJ örtasida qişloq xöjaligi texnikalarini yetkazib beriş yuzasidan muzokara ötkazildi.

2018 yilda «Özagrotexsanoatxolding» AJ tomonidan Ozarbayjonga 70 dan ortiq turdagi qişloq xöjaligi texnikalari eksport qilingan edi. Joriy yilda Ozarbayjonda ötadigan agrokörgazmalarda yurtimizda işlab çiqarilgan texnikalar ham namoyiş etiladi. Bu eksport hajmini yanada oşirişga turtki beradi.

«Uçraşuvda ozarbayjonlik mutaxassislar bilan özaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Işlab çiqarişda zamonaviy xorij tajribasini tatbiq etiş, çet ellik hamkorlar bilan muzokaralar ötkaziş orqali tizim korxonalarida mahalliylaştiriş darajasini çuqurlaştiriş asosiy vazifamizdir. Bu kabi muzokaralar biz işlab çiqarayotgan qişloq xöjaligi texnikalarining içki va taşqi bozorlarda mustahkam örin egallaşiga zamin yaratadi», - dedi «Özagrotexsanoatxolding» AJ boşqaruvi raisi Muxtor Karimov.

Şu kuni «Özagrotexsanoatxolding»da Yaponiyaning «Bando Kiko» maşinasozlik kompaniyasi boşqaruvi raisi örinbosari Jay Xuang Sang bilan transport vositalari uçun oynalar işlab çiqaruvçi qöşma korxona taşkil etiş böyiça muzokara ötkazildi. Unda tomonlar örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bugungi kunda «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati tarkibida Toşkent va Çirçiq qişloq xöjaligi texnikasi zavodi, «Agregat zavodi», «Texnolog», «Urgançkormaş» AJ, «UzCLAASAgro», «Lemken-Çirçiq», «ÖzKeysmaş» va «Amkodor Agrotexmaş» kabi korxonalar faoliyat körsatmoqda. 2018 yilda uşbu korxonalar tomonidan 11 ming 570 dona qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqarildi.

















