Özbekistondagi barça kiçik sanoat zonasi iştirokçilari — kiçik va örta işlab çiqariş vakillari bilan yuz berayotgan voqealar OAV nazaridan çetda qolmayapti. Avvaliga «Yakkasaroy kiçik sanoat zonasini boşqariş direksiyasi» DUK misolida taranglik yoritilgan bölsa, endilikda respublikaning turli burçaklardan aks-sado çiqa boşladi.
Gap şundaki, yangi soliq islohotlariga muvofiq, kiçik sanoat zonasini boşqaruvçi direksiya yer, mulk, suv, qöşilgan qiymat soliği tölovçisiga aylangan. Ammo direksiyaning daromad manbasi, deyarli, yöq. U faqat zonada körsatiladigan xizmatlar yoxud şaroitlarni saqlaş uçun tölanadigan tölovdan ortiq tuşumga ega emas. Ayni çoğda kiçik sanoat zonasidagi barça mol-mulk va yerdan undirilişi körsatilgan soliqlar DUK zimmasiga tuşmoqda.
Uşbu masala takror-takror muhokama etilişi, OAVda kötarilişi «suğur kuni»da yaşayotgan jurnalistning hayotiga ham öxşatildi.
«Mirzo Uluğbek kiçik sanoat zonasini boşqariş direksiyasi» DUK boş iqtisodçisi masalaning ayrim jihatlariga e'tibor qaratiş lozimligini uqtirmoqda.
«Birinçidan, kiçik sanoat zonasi hududidagi mulklarning qiymati qayta hisoblanişi lozim. Çunki ularning ham inventar, ham kadastr qiymati sun'iy oşirilgan holda körsatilgan. Aslida binolar foydalanişga yaroqsiz, unda iş faoliyatini taşkil etiş mumkin bölmagan. Işbilarmonlar çöntagidan mablağ sarflab, obodonlaştiriş işlarini olib bordi, quriliş qildi, katta investitsiya yotqizdi. Masalan, bizning zonada tadbirkorlar qurgan binodan bir yil ham foydalanmadi. Bu özgarişi lozim. Şundan söng, DUK zimmasidagi mulk soliği yuki ham pasayadi.
Ikkinçidan, Davlat soliq qömitasi 2018 yil uçun soliq qarzdorligini keltirib çiqardi. Kameral taftiş natijasida «şunça qarzing bor» deyiş notöğri. Moliya organlari öz vaqtida nega pullarni undirmagan? Qaysidir qarorning turliça talqini tufayli biz 2018 yil uçun yarim milliard sömdan ortiq soliq tölovini bajarişga majbur bölyapmiz. Bu hamma bilan yuz bermoqda. Endi nima qiliş kerak?

















