Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislari oylik maoshlariga tegishli tartibda ustamalar to‘lanadi.
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali ma'lum qildi.
- Mazkur qarorga muvofiq, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga tegishli tartibda:
- lavozim maoshlariga 20 foizli ustama haqi;
- budjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi;
o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas'uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni mehnatga haq to‘lashning ikki oylik fondi miqdorida mukofotlash hamda yilda bir marta mehnatga haq to‘lashning oylik fondi miqdorida moddiy yordam berilishi belgilandi.
Ammo shu kunlarda kichik sanoat zonalarini boshqarayotgan direksiyalar (DUK) bankrot yoqasida turibdi. Ularning faoliyati barqaror saqlanib qolishi uchun turli murojaatlar qilinmoqda, xususan «Yakkasaroy kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi» va «Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi» misolida masalalar OAVda yoritilmoqda. Hanuzgacha rasmiylar ushbu masalaga oydinlik kiritmadi.
O‘zbekistonda biznes «o‘yin qoidalari» o‘zgaryaptimi? «Toshkentda sug‘ur kuni». Tadbirkorlar kasod bo‘lishlaridan qayta ogohlantirishmoqda Ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar xavotirli o‘zgarishlardan bezimoqda
















