Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2019-2030 yillarda bioxilmaxillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan 2019-2030 yillarda bioxilmaxillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va 2019-2030 yillarda bioxilmaxillikni saqlash bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlanishi mumkin.

2019-2030 yillarga mo‘ljallangan biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy strategiyaga ko‘ra, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish, ekologik tizimlarni muhofaza qilishni, oziq-ovqat xavfsizligini, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni, mamlakat barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun 2030 yilgacha quyidagi Milliy strategik maqsadlar belgilandi:

biologik xilma-xillik masalalarini davlat va boshqaruv organlari va barcha jamiyat faoliyatiga kiritish;

biologik xilma-xillikka bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosimni kamaytirish, mahsuldor landshaftlarda uning komponentlaridan barqaror foydalanish;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizim xizmatlari taqdim etayotgan naflar (foydalar) hajmini oshirish;

rejalashtirish, salohiyatni oshirish, moliyalashtirish mexanizmini rivojlantirish orqali biologik xilma-xillikni samarali saqlash va undan barqaror foydalanish.

Biologik xilma-xillik mavzusini davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va barcha jamiyat faoliyatiga tatbiq qilish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:

atrof-tabiiy muhitni davlat monitoringi tizimi tarkibini biologik xilma-xillik komponentlarini kengroq monitoring qilish orqali kengaytirish hisobiga takomillashtirish;

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamda jamiyatning barcha tabaqalarining biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlari qiymati haqidagi bilim va xabardorligini oshirish;

rejalashtirish jarayoniga biologik xilma-xillikni va ekotizim xizmatlarini iqtisodiy baholash mexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish;

davlat ekologik ekspertizasi doirasida atrof-muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari iyerarxiyasini nazarda tutadigan, atrof-muhitga ta'siri haqidagi ariza (ZVOS), loyihalariga xalqaro talabalarni ishlab chiqish va tatbiq etish.