5-6 fevral kunlari Toshkentda «O‘zbekiston-2035» Ikkinchi xalqaro forumi tashkil etildi. Ikki kun davomida «Buyuk Kelajak» XNNT ekspertlari 2035 yilga qadar O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi konsepsiyasi loyihasi uchun o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlarni namoyish etishdi. Kun.uz muxbiri ushbu kengashning a'zolari bilan suhbat qurib, ularning rejalari va faoliyatlari haqida so‘radi. 

«Buyuk kelajak» ekspertlari kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan, xorijda professional muvaffaqiyatlarga erishgan mutaxassislar bo‘lib, ular kengash orqali kelgusi 16 yil ichida mamlakat taraqqiyoti haqidagi o‘z fikrlari bilan bo‘lishishadi va yangi strategik rejalarni ishlab chiqishadi.

Umid Mamadaminov, AQShdagi Oregon texnologiya instituti bitiruvchisi, Amerikaning energetika-arxitektura sohasidagi eng yirik kompaniyalaridan biri STANTEC'ning sobiq xodimi:

«Men o‘tgan yili «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashiga a'zo bo‘lgandim. Biz o‘zimizning sohadagi yangi g‘oyalarni O‘zbekistondan tatbiq qilishni boshladik. Mazkur tashkilot tashabbusi orqali 2018 yilda bo‘lib o‘tgan forumda mamlakatdagi bo‘layotgan katta islohotlarni ko‘rib, yurtimga qaytib, tadbirkorlik faoliyatimni boshlashga qaror qildim. Avvaliga, ishni boshlaganimizda to‘siqlar ham paydo bo‘ldi. Yuqorida islohotlar juda ham yaxshi ketayotgan bir mahalda quyi sohada ayrim muammoli masalalar vujudga keldi. Misol uchun, viloyatlarda zavod qurishga investitsiya kiritib, yer olmoqchi bo‘ganimizda joy olish bo‘yicha muammolar yuzaga keldi. Biroq tegishli organlar yordami bilan Jizzaxda qishloq xo‘jaliklari mahsulotlarini qayta ishlab, jahon bozoriga olib chiqish bo‘yicha o‘z faoliyatimizni boshladik. O‘tgan yili mart oyida har bir hududda bir-ikkitadan klaster tashkil etish bo‘yicha prezidentning qarori qabul qilindi. Endi biz shu tizimni joriy qilish uchun dukkakli mahsulotlar klasterini tashkil qilib, O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish niyatidamiz. 2019 yilda yanvar oyida 30 ming tonnali dukkak mahsulotlarini qayta ishlaydigan zamonaviy zavodimiz ishga tushdi. Endi bu zavodni xomashyo bilan ta'minlash uchun mahsulotni ekishga yer olmoqdamiz. Reja bo‘yicha, eng kamida 15 ming gektar maydonga ekin ekishimiz kerak va bu mahsulotlar 100 foizi xorijga, ya'ni AQSh, Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya davlatlariga eksport qilinadi».

Aziz Karimov, CIMMYT markazining Turkiyadagi boshqarmasi mutaxassisi, O‘zbekistondagi bir qancha loyihalar koordinatori: