Leningrad oblastida 14-qavatdagi quriliş maydonçasidan qulaganidan keyin özbekistonlik migrant halok böldi. Peterburgdagi «Severniy zavod»da ikkinçi fojia yuz berdi.

Peterburg va Leningrad oblastida ikki nafar işçi balandlikdan qulaganidan söng halok böldi, deya xabar qilgan «Operativnoye prikritiye».

Naşr ma'lumotlariga köra, «Severniy zavod»da kuni keça 28 yoşli işçi hayotdan köz yumgan. 6 fevral kuni taxminan soat 16larda erkak Kolomyajskiy prospektidagi sexda pardozlaş işlarini olib borayotgan vaqtda 2-qavat balandligidan yiqilgan. Halok bölgan Özbekiston fuqarosi zavodda oddiy işçi bölib işlagan.

Murinoda esa Voronsov bulvaridagi «Kraski leta» turar-joy majmuasida qurilayotgan uyning 14-qavatidan 20 yoşli migrant pastga tuşib ketgan. Bu 6 fevral kuni ertalab soat 11:20larda sodir böldi. Holat yuzasidan tekşiruv boşlandi. Özbekiston fuqarosi şartnoma asosida quriliş maydonçasida pudratçi taşkilotdan oddiy işçi sifatida işlardi. U taxminan bir oy oldin, 10 yanvar kuni bu işga joylaşgan.