O‘zbekiston | 15:55 / 07.02.2019
6362
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Yuksalish» umummilliy harakatining taqdimoti o‘tkazildi

Foto: Yuriy Korsunsev

Bugun, 7 fevral kuni Toshkentda tashkil etilgan Fuqarolik forumida «Yuksalish» umummilliy harakatining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi. Tashkilot vakillari yangi rejalar, loyihalar, fuqarolar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash tartibi, a'zolik kabi ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob berishdi.

«Yuksalish» umummilliy harakatini tashkil etish tashabbusi keng jamoatchilik tomonidan ilgari surilib, 2019 yilning 17 yanvar kuni tashkil etilgandi. 25 yanvar kuni nodavlat notijorat tashkiloti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Harakatni tashkil etishdan asosiy maqsad, O‘zbekiston taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, biznes hamjamiyati, akademik doira vakillarini amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida ixtiyoriylik asosida birlashtirish hisoblanadi.

«Yuksalish» umummilliy harakati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
*  Xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
*  Biznes va akademik doira, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan tadqiqotlar o‘tkazish;
*  Rejalashtirilgan, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirishga ko‘maklashish;
*  Jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish;
*  Fuqarolar va NNT tashabbuslarini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash.

Akmal Burxonov
Foto: Yuriy Korsunsev

«Yuksalish» Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 5ta qo‘shma loyihani amalga oshirishga kirishgan. Masalan, Qozog‘istonning Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi bilan «Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarni jalb etish» loyihasini ishga tushirish ishlari boshlandi. UNICEF tashkiloti bilan birga O‘zbekistonda yoshlarning islohotlar bo‘yicha xabardorlik darajasini oshirishga qartilgan tadqiqotlar, Konrad Adenauer jamg‘armasi bilan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda islohotlarning joylarda amalga oshirilishi bo‘yicha jamoatchilik monitoringi tadbirlarini o‘tkazishga kelishib olindi», deya «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Akmal Burxonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Foto: Yuriy Korsunsev
Foto: Yuriy Korsunsev

 

Mavzuga oid