2019 yildan boşlab barça Oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun hujjat topşiriş Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmonida belgilangan.

Davlat xizmatlari agentligi xabariga köra, hozirda agentlik tomonidan vakolatli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda hukumatning tegişli qaror loyihasi işlab çiqilişi bilan bir qatorda zaruriy çoralar ham körilib borilmoqda.

2018/2019 öquv yilidan boşlab Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tajriba tariqasida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat test markazi va Toşkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda abituriyentlardan öqişga kiriş böyiça hujjatlarni 201 ta tuman va şaharlarda faoliyat olib borayotgan DXM orqali qabul qiliş amaliyoti joriy etildi.

Uşbu yangilik amaliyotda özining quyidagi ijobiy jihatlarini körsatgan:

- hujjat topşiriş jarayonida ortiqça qoğozbozlikdan voz keçildi;
- har bir abituriyentga özining tumani yoki şahri, şuningdek özi xohlagan hududdan hujjat topşiriş imkoni yaratildi;
- ularning qimmatli vaqti tejaldi;
- abituriyentlarning hududlardan ovora bölib poytaxtga keliş oqimi keskin kamaydi — ularning ortiqça sarf-xarajatlarining oldini oldi;
- hujjat topşiriş jarayoniga bir neça soat yoki kun emas balki 15-20 daqiqa kifoya qildi;
- abituriyent hujjat topşirganidan söng hujjatlarning asli uning özida qoldi;
- universitet tomonidan faqat öqişga kirgan talabalarning hujjatigina ularning özidan qabul qilinib, oliy ta'lim muassasa qabul komissiyasi va arxivida ortiqça hujjat aylanmasini keskin kamaytirdi.

Oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun hujjat topşiriş böyiça davlat xizmatini tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilişi abituriyentlarga Toşkent şahridagi va respublikaning istalgan hududida joylaşgan oliy ta'lim muassasasiga özining tumanidan çiqmasdan turib hujjat topşiriş, şuningdek onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topşiriş imkoniyatini yaratadi.