Bugun, 8 fevral kuni, Özbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Milliy estrada san'atining ahvoli, ayniqsa, yoşlar ma'naviyatining yuksaltirişdagi örni va ahamiyati" mavzusidagi anjuman bölib ötdi. Unda "Özbekkonsert" davlat muassasasi tomonidan 2018 yilda amalga oşirilgan keng kölamdagi işlar, çora-tadbirlar muhokama etildi. 

Ma'lum bölişiça, muassasa tomonidan taşkil etilgan san'atkorlar videokliplarini baholovçi Badiiy kengaş 2018 yil 1 fevraldan boşlab yil yakuniga qadar 18 marotaba yiğiliş ötkazgan. Unda 185ta videoklip taqdim etilib, ulardan 75tasi kamçiliklar tufayli qayta töğrilaşga tavsiya etilgan, 45tasi esa talablarga javob bermaydi, deb topilgan.  

"Badiiy kengaş zamonaviy kliplarga tösiq qöyiş uçun emas, balki tavsiya beriş uçun xizmat qiladi. Albatta, kliplar saviyasini baholaşda jamoatçilik fikri juda muhim. Mana birgina misol, Jahongir Otajonovning "Qaddi baland" qöşiği keng muhokamalarga sabab böldi. Çunki unga kengaş tomonidan berilgan tavsiya xonanda tomonidan boşqaça tuşunilgan, ya'ni u qöşiqdagi şe'rga e'tiroz bildirilmoqda, deb tuşungan. Aslida esa e'tiroz şe'rga emas, xonanda tomonidan işlangan klipga bölgan. U yerda oila davrasida körib bölmaydigan nojöya hatti-harakatlar mavjud. Şu sababli tavsiya berilib, qayta körib çiqiş uçun qaytarildi.

Foto: Özbekkonsert

Yana bir masala, Jahongir Poziljonovning "Prezident bilan selfi" klipi böyiça aytib ötmoqçiman. Mazkur qöşiq ijtimoiy tarmoqlarda keskin e'tirozlarga sabab böldi. Bu tarona xonandaning ZÖR TV kanali bilan tayyorlagan loyihasi bölib, kengaşga taqdim etilmagan. Keyinçalik, bu böyiça suriştiruv işlari olib borildi. Bizning qöşiqni ayt yoki aytma, deb e'tiroz bildiriş niyatimiz yöq. Biroq bir narsani bilib qöyiş kerak, Prezidentimiz san'atkorlar reklamasiga muhtoj emas. Tan oliş kerakki, amaliy işlar natijasida Prezidentimizni bugungi kunda nafaqat Örta Osiyo, balki butun dunyo tan olmoqda. Şuningdek, Prezidentimizning özlari ham şaxsan "endi maqtaş bölmaydi, asosiy iş - amaliy işlarga ötiş, hali qiladigan işlarimiz köp", deb aytganlar. Biz hozir Jahongir Poziljonovga indamasak, yaxşi köriniş uçun ikkinçisi harakat qilib, qöşiq aytadi. Qarabsizki, tirnoqdan kir qidiruvçi ayrim OAV uçun yangi mavzu topiladi. San'atkorlarga hukumatning topşiriği berilgan degan miş-mişlar tarqaladi. Yana bir marotaba aytaman, san'atkorlar reklamasi kerak emas. Undan köra, Vatan uçun, xalq uçun xizmat qilaylik. Şuni özi kifoya", - dedi “Özbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov.