Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning Moskvaga safari chog‘ida qatnashgan barchaning shaxsi aniqlandi
Foto: Aleksey Filippov / RIA Novosti
Bloomberg agentligining bildirishicha, 1996 yilda, Donald Trampning Moskvaga tashrifi va hukumat rahbari o‘rinbosari Vladimir Resin bilan muzokaralarida, investor Bennett Le Bou hamda o‘shanda CEO Vector Group’da bo‘lgan Govard Lorber tadbirkor sheriklari sifatida ko‘rsatilgan.
Biroq, Rossiya telekanallaridan birining reportaji yozib olingan, YouTube’dagi videorolikda Bloomberg Apollo Global Management rahbari Leon Blekni aniqladi. Uning o‘sha safarda qatnashgani ilgari e'lon qilinmagandi.
Apollo Global Management ko‘chmas mulk, sanoatga sarmoyalar bilan shug‘ullanadi. Unga Caesars, Novitex, Rackspace kabi kompaniyalar tegishli.
Bloomberg suhbatdoshining bildirishicha, o‘sha tashrif yakunlari bo‘yicha Blek va Tramp Moskva hukumati bilan hech qanday kelishuvga erishmagan. Ammo, Le Bou hamda Lorber Rossiya poytaxti markazining rekonstruksiyasiga mablag‘ yo‘naltirgan.
Biroq, Bloomberg’ning ko‘rsatishicha, bu safardan ikki yil o‘tib, Apollo bilan bog‘liq kompaniya Moskva markazida Ducat Place biznes markazini birgalikda qurish bo‘yicha Le Bou shirkati bilan kelishuvga erishgan.
7 fevral kuni Tramp qarindoshlarining 2006 yil Moskvaga tashrifi tafsilotlari haqida asli kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Pavel Fuks aytib o‘tdi. Uning xabar berishicha, o‘shanda Ivanka Tramp va bo‘lajak prezidentning o‘g‘li Donald bilan uchrashgan. Gap Moskvada osmono‘par imorat qurish haqida ketgan. Tadbirkorning aytishicha, Trampga imoratni Trump Tower deb nomlashga rozi bo‘lishi uchun 10 mln dollar to‘lash taklif qilingan, ammo Tramp 20 million dollar bir martalik to‘lovni talab qilgan. Tomonlar oxir-oqibat bu haqda kelisha olmagan.
Mavzuga oid
20:03
Rossiyada migrantlar soni 10 foizga kamaydi, buning sabablari aytildi
16:21
“O‘lib ketmaslik uchun urushga bordim” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit
15:13
«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ham 13 ta yirik konga egalik qiladi
12:26