Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya prezidenti may oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerning O‘zbekistonga tashrifi shu yil may oyiga rejalashtirilyapti, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.
Qayd etilishicha, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ma'lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Frank-Valter Shtaynmayyerni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgandi. Federal prezident shu yil bahorida mamlakatga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026