Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 6 fevral kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda eksport hajmini oşiriş borasidagi eng muhim vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötgan edi. 

Unda prezident eksportbop mahsulotlar tarkibini diversifikatsiya qiliş, eksportda xomaşyo bölmagan mahsulotlar uluşini kamida 60 foizga yetkaziş zarurligini ta'kidlab, şu maqsadda Özbekiston Respublikasining 2019 – 2025 yillarga möljallangan milliy eksport strategiyasini işlab çiqiş böyiça muhim topşiriqlar berildi. 

Bu borada Qaşqadaryo viloyatida ham muayyan işlar olib borilmoqda. Jumladan, Özbekiston-Ozarboyjon biznes forumi doirasida Qaşqadaryo viloyati hokimi örinbosari Oybek Şagazatov hamda “Matanat A” kompaniyasi vitse-prezident Mays Gasimov tomonidan şartnoma imzolandi. Unga köra, “Matanat A” kompaniyasi tomonidan Qamaşi tumaniga 20 million yevrolik töğridan-töğri sarmoya kiritilib, quruq quriliş aralaşmalari, gips buyumlari, gips bloklari va panellari işlab çiqaradigan  zamonaviy zavod barpo etiladi.

“Matanat A” kompaniyasi sement va gips asosidagi quruq quriliş aralaşmalari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan mintaqadagi yetakçi tuzilmalaridan biri sanaladi. Ozarboyjonda ekologik toza va zararli bölmagan quriliş materiallarini işlab çiqariş borasida ilğor. Kompaniya zamonaviy uskuna va texnologiyalarning innovatsion turlari bilan jihozlangan. Şuningdek, uşbu nufuzli muassasa Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Rossiya va Turkiyada ham qator korxona va zavodlarga egalik qiladi.