Özbekistonda nikohdan ötmasdan yaşab kelayotgan 10 ming 24 nafar oila aniqlandi. Ularning 6,5 mingga yaqinida nikoh rasmiylaştirildi, deya ma'lumot bermoqda «Oila davrasida» gazetasi.
Xabarda keltirilişiça, FHDYo organlari tizimida ötkazilgan örganişlar demografik statistikada katta xatolar borligini körsatgan.
«Çekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi tuğilgan çaqaloqlarni röyxatdan ötkaziş, nikohni rasmiylaştirişga befarq qarab kelmoqda. Xususan, 9 ming 988 nafar bolaning tuğilganlik haqidagi hujjati mavjud emas. Şuningdek, qayd etilmagan hujjatlarning 90 foizga yaqini aynan tuğiliş va nikoh haqidagi guvohnomalarga töğri keladi», — deyiladi xabarda.
Yuridik nuqtai nazardan mazkur hujjatlarning mavjud emasligi fuqarolarni qonuniy huquq va erkinliklaridan mahrum qiladi. Rasmiy guvohnomasi mavjud bölmaganlar yöq şaxslar, deb hisoblanadi. Masalan, tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasiz bolani boğçaga rasmiylaştirib bölmaydi, maktabga qabul qilinmaydi.
Naşrning xabar berişiça, fuqarolik holati dalolatnomalarining öz vaqtida qayd etilmaganini aniqlaş böyiça inventarizatsiya tadbirlari 2019 yil 1 iyulga qadar davom etadi.
Kun.uz'da e'lon qilingan maqoladagi Gulnora Fayziyeva esa farzandlarini rasmiy röyxatdan ötkaziş, nikohni rasmiylaştirişga befarq emas, ammo rahbarlar uning işini tuşunarsiz vajlar bilan ortga surib kelmoqda.

















