Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari murojaatlari munosabati bilan maxsus xabar e'lon qildi.
Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlar jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
«Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lsangiz, Rossiya Federatsiyasidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Vakolatxonasiga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Ma'lumot uchun:
Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2).
Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.
O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy.
Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mehnat vazirligi Peterburgda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik migrantlar bo‘yicha yangi ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025