Avvalroq, Peterburg va Leningrad oblastida özbekistonlik ikki nafar işçi balandlikdan qulaganidan söng halok bölgani xabar berilgandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma'lum qilişiça, 6 fevral kuni işçilardan biri Kolomyajskiy prospektidagi sexda pardozlaş işlarini olib borayotgan vaqtda balandlikdan yiqilib, halok bölgan.
Halok bölgan şaxs Özbekiston fuqarosi Alişer Ösarov bölib, 1990 yilda tavallud topgan. Hozirda holat yuzasidan tergov tekşiruv ötkazilmoqda. Jinoiy iş qözğatiladi.
Qayd etilişiça, ayni damda uning jasadi Sankt-Peterburg şahri Yekaterininskiy köçasi, 10-uyda joylaşgan Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi ölikxonasida.
Şuningdek, 6 fevral kuni Murino şahrida Özbekiston fuqarosi Tolibjon Esonov (1998 yilda tuğilgan) Voronsov bulvaridagi «Kraski leta» turar-joy majmuasida qurilayotgan uyning 14-qavatidan pastga tuşib ketgan.
Jinoiy iş hozirça qözğatilmagan. Ayni damda röy bergan fojiani tekşiriş işlari olib borilmoqda. Halok bölgan fuqaroning jasadi Leningrad oblasti Toksovo şahridagi ölikxonaga joylaştirilgan.
Mehnat vazirligi xabarida aytilişiça, jasadlarni Özbekistonga olib ketiş böyiça tayyorgarlikka oid barça dastlabki tadbirlar amalga oşirildi, vazirlik xodimlari olib çiqişga ruxsatnomani kutişmoqda.
Şuningdek, vazirlikning ma'lum qilişiça, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi tomonidan 6 fevral kuni Rossiyada öta oğir va yordamga muhtoj holda qolgan Özbekiston fuqarosi Boburjon Rasulov Özbekistonga olib kelingan.

Fuqaro B.Rasulov oğir tan jarohati oqibatida şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz bir neça oydan buyon Rossiya Federatsiyasining Zaraysk şahar Markaziy şifoxonasida koma holatida bölib kelgan.
Agentlik tomonidan fuqaroning şaxsini tasdiqlovçi sertifikat va Özbekistonga yetib kelişi uçun aviaçipta taqdim etilgan va mas'ul vakillar yordamida B.Rasulov Namanganga qaytarildi. Fuqaroni Özbekistonga olib keliş bilan boğliq barça mablağlar jamğarma hisobidan qoplandi.

















