Autizm butun dunyo böyiça tobora global ahamiyat kasb etayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Respublika bolalarni ijtimoiylaştiriş markazi taqdim etgan ma'lumotga köra, Özbekistonda ham 200dan ziyod autizm taşxisi qöyilgan bolalar röyxatga olingan. Lekin hali reabilitatsiyaga jalb qilinmagan, e'tibordan çetda qolayotgan bolalar ham ançaginani taşkil etadi.
Sal avval autizm bilan kuraş borasidagi muammolar töğrisida «Özbekistonda autist bolalarga e'tibor qay darajada?» sarlavhali maqola berilgan edi.
Autizm sindromi taşxisi bolalarning davolanişi va ta'lim olişi uçun yetarliça infratuzilmaning mavjud emasligi ularga öz vaqtida yordam körsatilişi, jamiyat hayotiga jalb qilinişida qiyinçilik tuğdirmoqda. Ota-onalar bilan suhbat çoğida ular bir qator muammolarni sanab ötişdi.

«Respublika bolalarni ijtimoiy moslaştiriş markazida autizmni davolaş böyiça yetarli şart-şaroit mavjud. Logoped, ruhşunos, massajist xizmatlari yölga qöyilgan. Lekin markazning qamrov salohiyati talab darajasiga qaraganda past. Hamma bolalarni qamrab oliş imkoni bölmayapti. Navbat katta. Autizm esa doimiy şuğullanişni talab etadi», deydi markaz ruhşunosi Farhod Artikbayev.
Video: Tas-IX
Video: Youtube.com
Nilufar Tojiboyeva jamoat joylarida kişilarnining noörin munosabati haqida aytib ötdi. «Jamiyatda autizm sindromi, bunday bolalarning öziga xosligi haqida yetarliça tasavvur mavjud emas. Farzandlarimizga boşqaça köz bilan qaraşadi... Bu esa bolaning ruhiyatiga salbiy ta'sir körsatadi. Aholining bu sindrom haqidagi xabardorligi oşirib borilsa, yaxşi bölardi».











