12 fevral kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi binosida homilador kelinoyisini piçoqlagan 21 yoşli yigitga nisbatan sud hukmi öqildi. Unga köra, yigit Jinoyat Kodeksining qator moddalariga muvofiq 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmati Kun.uz’ga şu haqida xabar berdi.
Yuz bergan hodisa mudhiş tugaşi mumkin edi, biroq beş soat davom etgan jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi - ona ham, homila ham saqlab qolingan. Ayol şu kunlarda farzandini dunyoga keltirişi kutilmoqda.
Bundan avval Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi öz taşabbusi bilan qayinukasi tomonidan 16 marta piçoq sançilgan homilador ayolning sud jarayonida jamoatçi himoyaçi sifatida iştirok etayotgani haqida avval xabar berilgan edi.
















