Turkiyada Fathulla Gulenning FETO taşkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 641 kişi qölga olindi. Anqara uşbu taşkilotni 2016 yil iyuldagi davlat töntaruviga urinişni taşkillaştirişda ayblab keladi.
Ma'lum qilinişiça, mamlakatda isyonçilar tarafdorlariga qarşi qaratilgan, oxirgi vaqtdagi eng yirik aksilterrorçilik operatsiyasi boşlandi. Turkiya prokuraturasi umumiy hisobda 1112 kişini hibsga olişga order bergan.
Ta'kidlanişiça, operatsiya mamlakatning 76 ta viloyatida olib borilmoqda. Kuç tuzilmalari yana 471 gumonlanuvçini qölga olişi kerak.
2016 yil 15 iyulda Turkiya qurolli kuçlarining bir guruh askar va zobitlari davlat töntaruvini amalga oşirişga va prezident Rajab Toyyib Erdöğanni asirga olişga uringan. Asosiy kuraş Istanbul va Anqarada keçgan, uning davomida 250 kişi halok bölgan, 2000 dan köproq kişi jarohat olgan.

















