Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Darig‘a Nazarboyeva: «An'anaviy OAV yo‘q bo‘lib ketmoqda, bundan internet foyda ko‘rmoqda»
Darig‘a Nazarboyeva ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiya qilish qoidalariga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartishlar haqida o‘z fikrini aytdi. Avvalroq, tegishli buyruq loyihasi Qozog‘iston Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi saytida paydo bo‘ldi. O‘zgartishlarga ko‘ra, reglament va tartibni buzgan jurnalistlar akkreditatsiyadan mahrum etilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.
Nazarboyevaning ta'kidlashicha, qonun loyihasi keng muhokamaga taqdim etilishi kerak. Deputatning fikricha, jurnalistlar hamjamiyati bunday masalalarda passivdir.
Uning jurnalistlarga xabar berishicha, tegishli o‘zgartirishlarga ega hujjatni ko‘rmagan, lekin uni o‘rganib chiqish hamda Axborot va kommunikatsiyalar vazirligida muhokama qilishni, shuningdek, kelgusi hafta ushbu masala bo‘yicha javob taqdim etishni va'da qildi.
Darig‘a Nazarboyevaning fikricha, soha yuqori darajada tartibga solinadi, bu an'anaviy ommaviy axborot vositalarining yo‘qolishiga olib kelmoqda, bundan esa internet foyda olmoqda.
Deputatning ma'lum qilishicha, jurnalistlar muqobil qonun loyihasini ishlab chiqishlari va uni taklif qilishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘istonda yangi vazirlik tashkil etishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
13:42 / 16.03.2026