Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan Şohjahon Ergaşev (15-0, 14 KO) 15 fevral kuni özining navbatdagi jangini ötkazadi.
Şu kuni Şohjahonga amerikalik yengilmas boksçi Maykal Foks (19-0, 5KO) raqiblik qiladi. Jang AQŞning Kanzas ştatining Mulveyn şahridagi «Kanzas Star» arenasida ötkaziladi.
GoSport.uz internet-naşri manbalari bergan xabarga köra, mazkur bellaşuv super yengil vazn toifasining IBF International çempionlik kamari uçun keçadi. Jang 10 raundga möljallangan.
Şohjahon Ergaşev IBF yönalişining yanvar oyi uçun yangilangan reytingida bir poğona kötarilib, 11-öringa joylaşgan. Foks esa nufuzli yönalişlar reytingida qayd qilinmagan.
Eslatib ötamiz, oldinroq, Şohjahon Ergaşevdan WBA International kamari olib qöyilgan haqida xabar berilgandi.













