Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya xakerlarga ovoz berish tizimini buzib kira olish uchun pul taklif qildi
Foto: Global Look Press/Michael Weber
Shveytsariya xakerlarga ovoz berish elektron tizimining sinov tizimini 50 ming frank (50 ming dollar) mukofot puli evaziga buzib kirishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat federal devonxonasi vakili Rene Lensin ma'lum qildi.
Uning aytishicha, elektron tizimni buzib kirish bo‘yicha ushbu sinov xavfsizlikni tekshirish uchun muhimdir. Mukofot puli vazifani eng yaxshi uddalay olganlarga, ya'ni ovoz berish natijalarini sezdirmay o‘zgartirib qo‘ya olganlarga beriladi. Bundan tashqari, ovoz berish sirini buzganlik uchun 10 ming frank, ovoz berish elektron qutisini buzganlik uchun 5 ming frank to‘lanadi.
Tizim 2004 yildan beri qo‘llanadi va undan 26 ta kantondan 10 tasida foydalaniladi. Uni rasman tatbiq qilish uchun xavfsizlik sertifikatini olish va kodni oshkor qilish lozim. Tizimni buzib kirishda ishtirok etish uchun 1770 dan ko‘proq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 27 foizi Shveytsariyaning o‘zidan, 15 foizi Fransiyadan, 6 foizi esa AQShdan.
Sinov 25 fevraldan 24 martgacha davom etadi. Sinovda nafaqat xakerlar guruhlari, balki yakka xakerlar ham ishtirok eta oladi. Ro‘yxatdan o‘tish majburiydir, jumladan elektron pochta va mamlakatni ko‘rsatish lozim, biroq haqiqiy ismni ko‘rsatish shart emas.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
22:04 / 05.01.2026
Shveytsariya Maduro va uning sheriklarining barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
08:31 / 04.01.2026