AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika bilan çegarada devor qurişga qariyb 8 mlrd dollar mablağ yönaltiriş uçun favqulodda holat rejimi joriy etilişini e'lon qilmoqçi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlik öz manbalariga tayanib xabar berişiça, 3,5 mlrd dollar Pentagon ehtiyojlari uçun quriladigan obektlarga ajratilgan mablağdan olinadi. 2,5 mlrd va 600 mln dollar esa Amerika mudofaa va moliya vazirliklarining giyohvand moddalar aylanişining oldini oliş bilan boğliq dasturlar uçun fondlarga ajratilgan mablağdan olinadi.

Yana 1,38 mlrd dollar içki xavfsizlik vazirligi yönalişidan olinadi.

Avvalroq mazkur devor qurilişi borasidagi kelişmovçiliklar natijasida federal hukumat işi 35 kun davomida töxtab qolgandi.