Hindiston Pokistonni butunlay yakkalatib qo‘yishga qaror qildi

Arun Jyetli/Foto: PIB/File
Hindiston Jammu va Kashmir shtatida yuz bergan, 44 nafar harbiy xizmatchining o‘limiga olib kelgan portlashdan keyin Pokistonni butunlay yakkalatib qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Hindiston Moliya vazirligi rahbari Arun Jyetli ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-Dehli birinchi bo‘lib Islomobod bilan savdoda qulaylik yaratish rejimini bekor qiladi. «Tashqi ishlar vazirligi barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘radi. Men Pokistonni xalqaro hamjamiyatdan butunlay yakkalatib qo‘yish uchun zarur bo‘lgan barcha diplomatik qadamlarni nazarda tutayapman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Jyetli.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bundan avval teraktga aloqador deb hisoblanayotgan Pokistonga qat'iy javob qaytarishga va'da berdi. Uning ko‘rsatishicha, qo‘shni davlatga vaziyatni beqarorlashtirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Reuters’ning qayd etishicha, hujum umummilliy saylovlardan bir necha oy oldin yuz berdi, ular esa Modi uchun oson bo‘lmasligi mumkin. Shu sababdan u, katta ehtimol bilan, Pokistonga nisbatan qattiqroq choralar ko‘radi. Ushbu ikki davlat o‘rtasidagi savdo darajasi yiliga atigi ikki milliard dollarni tashkil etadi.
Hindiston hukumatining ma'lum qilishicha, Pokiston bu hujumga aloqadorligini isbotlovchi dalillarga egadir. O‘z navbatida, Pokiston TIVning ko‘rsatishicha, bu hujum tufayli juda tashvishli holatga tushib qolishgan. «Biz Hindiston hukumati vakillari va OAVning Pokistonni hujumga aloqador qilib qo‘yish borasidagi har qanday harakatlarini qat'iy tarzda rad etamiz. Bu borada surishtiruv o‘tkazilishi lozim», - deyiladi vazirlik bayonotida.
Shu bilan birga, AQSh Islomobodni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi va bu hujum Vashingtonning terrorizmga qarshi kurashda Hindiston bilan hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha qat'iyatini kuchaytirishini ta'kidladi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01
-
Germaniya Isroil bilan birga «kibergumbaz» yaratish rejasini e’lon qildi
Jahon | 09:00
-
Isroil armiyasi Livan janubiga hujum qildi
Jahon | 08:24
-
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam
Jahon | 08:20
Mavzuga oid

09:01
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar

08:20
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam

16:35 / 28.06.2025
Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

08:21 / 28.06.2025