Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya O‘zbekistonga harbiy sohadagi islohotlar bo‘yicha yordam ko‘rsatishga tayyor
2019 yilning 15 fevral kuni Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi mudofaa vaziri Gevin Aleksandr Uilyamson bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston - Buyuk Britaniya aloqalari holati va kengaytirish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, hozirgi xatar va xavfsizlikka tahdidlar bilan kurashish masalalari muhokama qilingan.
G.Uilyamson harbiy sohadagi O‘zbekiston - Buyuk Britaniya hamkorligi darajasini ijobiy baholar ekan, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining ushbu sohada aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Britaniya tomoni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi islohotlar jarayoniga, jumladan, Qurolli Kuchlarni takomillashtirish va harbiy xizmatchilar malakasini oshirishga yordam ko‘rsatishga tayyorligi ma'lum qilindi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishiga alohida e'tibor qaratilgan. Britaniya vaziri rasmiy London tomonidan 2018 yil mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining natijalarini qo‘llab-quvvatlanishini ta'kidladi. Ushbu tadbirda xalqaro hamjamiyatda Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlashga yordam berish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikrga erishilgan.
Bundan tashqari, G.Uilyamson Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston - Buyuk Britaniya maslahatlashuvlarini ikki tomonlama munosabatlarning muhim mexanizmi deb atadi va Buyuk Britaniyaning ushbu yo‘nalishda yanada yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini qayd etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Afg‘onistonda ilgari surgan yirik ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalari tashabbuslarini Britaniya tomoni qo‘llab-quvvatlashi yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekiston prezidentiga minnatdorchilik izhor etgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
16:53 / 04.06.2026