11:57 / 16.02.2019
13507

OKMK OChL guruh bosqichiga chiqish uchun «Paxtakor» va «Bunyodkor» uddalay olmagan vazifani bajarishi kerak

19 fevral kuni OKMK Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqish uchun saralash pley-offida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi mehmoni bo‘ladi. Olmaliq klubi matbuot xizmati o‘yin oldidan O‘zbekiston klublarining Ar-Riyod shahri jamoasi bilan OChLdagi o‘zaro o‘yinlariga e'tibor qaratdi.

Statistikaga asosan, OChLda «An-Nasr» bilan «Paxtakor» 2 marta, «Bunyodkor» 4 marta to‘qnash kelgan. Hozircha bu raqibga qarshi O‘zbekiston klublarining natijalari ijobiy emas: 6 o‘yinda 3 durang va 3 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 6-12.

«Bunyodkor»ning «An-Nasr» bilan har ikki durang natijasi safarda va e'tiborli jihati fevral oyida qayd etilgan. 2015 yil 24 fevraldagi o‘yin 1:1, 2016 yil 23 fevraldagi uchrashuv esa 3:3 hisobi bilan tugagan. Yana bir e'tiborli jihati, har ikki o‘yinda ham hisobni dastlab «Bunyodkor» ochgan.

Demak, OKMK Chempionlar ligasidagi debyutida guruhdan chiqishi uchun bu salbiy an'anaga barham berishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston klublarining OChL doirasida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasi bilan qayd etgan natijalari:

PAXTAKOR – AN-NASR 2:2 (1:0)
01.03.2011. 15000 tomoshabin. 
Hakam: Toju Minoru 
Gollar: Karimov Sherzod, 45, Sharofetdinov Dilshod, 61 - Badr al-Mutva, 51, Miladinovich Boyan, 88-avtogol

AN-NASR – PAXTAKOR 4:0 (2:0)
04.05.2011. 4034 tomoshabin. 
Gollar: Saud Hamud Hassan, 8, Badr al-Mutva, 24, 65, Muxammad as-Saxlavi, 61

AN-NASR – BUNYoDKOR 1:1 (0:1)
24.02.2015. 23664 tomoshabin. 
Hakam: Muhammad Taki (Singapur)
Gollar: Fabian Estoyanoff, 51 - O‘rinboyev Zabihillo, 14. 

BUNYoDKOR – AN-NASR 0:1 (0:1)
22.04.2015. 3153 tomoshabin. 
Hakam: Li Kvok Mang (Gonkong)
Gol: Adrian Merjyezevski, 33.
Chetlatish: G‘ofurov Anvar, 71.

AN-NASR – BUNYoDKOR 3:3 (1:2)
23.02.2016. 11138 tomoshabin. 
Hakam: Ko Xyung Jin (J.Koreya)
Gollar: Merzejyevski, 45+1-pen., Yahyo ash-Shehri, 79, Hussayn Sulaymoniy, 85 - Hamdamov Dostonbek, 3, 76, Zuag‘iy Shokir, 33. 

BUNYoDKOR – AN-NASR 0:1 (0:1)
01.03.2016. 8027 tomoshabin. 
Hakam: Muhd Amirul Izvan Bin Yakub (Malayziya)
Gol: Modibo Maiga, 36.

19 fevraldagi «An-Nasr»-«OKMK» o‘yini g‘olibi «A» guruhidan joy oladi. Birinchi to‘rtlikda «Al-Vasl» (BAA) va «Az-Zavra» (Iroq) klublari bor. Seshanba kungi «Al-G‘arrafa» (Qatar) – «Zob Ohan» (Eron) juftligi kuchliroq chiqqan jamoa ham «A» kvartetiga tushadi.

Ar-Riyod shahri jamoasi Saudiya Arabiston Pro-ligasida 20-turdan keyin 2-o‘rinda bormoqda.

Top