Ikkinçi marta davlat rahbari lavozimiga nomzodini qöygan Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko saylov kampaniyasiga 70 million griven (2,5 million dollardan ortiq) mablağ sarfladi, u kampaniyani öz mablağlari hisobidan moliyalaştirmoqda. Bu haqda prezident ştabi vakili Oleg Medvedev ma'lum qildi.
"Ayni paytda kampaniya uçun 70 million griven sarflandi. Jami qança mablağ sarflanişi hozirça aniq emas", - dedi Medvedev. Uning sözlariga köra, Poroşenko öz saylov kampaniyasini özi moliyalaştirmoqda.
Ukraina prezident saylovi 31 martda bölib ötadi. Prezidentlikka jami 44 kişi öz nomzodini qöygan.


















