Toşkent şahri yangi boş loyihasining konsepsiyasi joriy yilning aprel oyi yakunlariga qadar işlab çiqiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Toşkent şahar boş loyihasi 2014 yilda işlab çiqilgandi, ammo ikki yilda köp narsa özgardi. Şuning uçun u (boş loyiha - tahr.) biz istagan dolzarbligini yöqotdi. Ayni paytda loyiha ustida uçta xalqaro kompaniya iş olib boryapti: turk, xitoy va britan. Aprel oyining yakuniga qadar Toşkent şahri yangi boş loyihasi konsepsiyasi tayyor böladi», — deydi Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Davron Hidoyatov.
Toşkent şahar boş loyihasini xalqaro kompaniyalar iştirokida işlab çiqiş masalasi Şavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatda aks etgandi.
Şahar ma'muriyatiga köra, köp vaqt içida Toşkent hududidagi yaşaş maydonlarida tartibsiz qurilişlar böldi, ularning paydo bölişida infratuzilma – yöllarning tirbandligi, elektroenergiya talabi va boşqa omillar inobatga olinmadi.
Ana şunday holatlarning oldini oliş, muammolarni bartaraf etiş maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi huzuridagi Davlat quriliş nazorat inspeksiyalar faoliyatining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlar töğrisida»gi hujjat loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi negizida öz balansi, bank muassasalarida hisobraqamlari hamda Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan muhriga va yuridik şaxs maqomiga ega bölgan Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi huzuridagi Davlat quriliş nazorat inspeksiyasi etib qayta taşkil etilişi mumkin.
















