O‘zbekiston | 15:56 / 18.02.2019
55818
2 daqiqa o‘qiladi

1 avgustdan boshlab fuqarolardan qator ma'lumotnomalarni talab qilish taqiqlanadi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslardan jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnomalar, soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnomalar, to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma'lumotnomalar talab qilinishi taqiqlanadi.

Belgilanishicha, davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB “Xalq banki”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan elektron o‘zaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasiga axborot olish uchun ulanish yo‘li bilan mustaqil ravishda so‘raydilar va oladilar;

Davlat soliq qo‘mitasi, ATB “Xalq banki”, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2019 yil 1 iyulga qadar davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlarini takomillashtiriladi hamda mazkur bandda nazarda tutilgan axborot va hujjatlarni faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 apreldan qator talablar bekor qilinishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid