Şarof Raşidov tuman hokimi Zoyir Mirzayev 15 fevral kuni yoş fermerlar uçun sayyor qabul ötkazdi.
Özbekiston yoş fermerlari kengaşi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar qilişiça, mazkur sayyor qabul tumandagi yoş fermerlarning muammo va takliflarini eşitiş, aniqlangan mavjud kamçiliklarga amaliy yeçim topiş maqsadida taşkil etilgan.
Sayyor qabulda fermerlar 30ga yaqin muammo, taklif va mulohazalari bilan tuman hokimiga murojaat qilişgan. Xabarda aytilişiça, sayyor qabul qatnaşgan aksariyat yoş fermerlarning muammolari öz yeçimini topgan.
Eslatib ötamiz, Zoyir Mirzayev ötgan yilning 29 oktabr kuni prezident farmoni bilan ğalla ekiş va suğoriş işlarini taşkil etiş jarayonida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani bois Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgan va 7 noyabrda Şarof Raşidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.












