Bundesligada 22-turning sönggi uçraşuvi bölib ötdi. Unda peşqadam «Borussiya Dortmund» sönggi örindagi «Nyurnberg» bilan safarda bahs olib bordi va golsiz durangga rozi böldi.
Qayd etiş kerak, jadval yetakçisi uçta turdan buyon durang qayd etmoqda. Bunga qadar «Ayntraxt» (1:1) va «Hoffenhaym» (3:3) bilan bahslarda ham ğolib aniqlanmagandi. Natijada 22-turdan keyin «Dortmund» va «Bavariya» örtasidagi farq 3 oçkoga qisqardi.
«Borussiya D» keyingi turni öz maydonida, 24 fevral kuni «Bayyer»ga qarşi ötkazadi. Leverkuzenliklar oxirgi törtta uçraşuvni faqat ğalaba bilan yakunlaşmoqda.
Germaniya çempionati
22-tur, 18 fevral
Nyurnberg – Borussiya D 0:0
Nyurnberg – Mateniya, Valentini, Myul, Everton, Lyaybold, Petrak, Kubo (Palasios-Martines, 85), Leven (Bauer, 77), Berens, Mateus Pereyra, Zrelyak (Isxak, 66).
Borussiya D – Byurki, Volf, Vaygl, Zagadu, Diallo, Dileyni (Bruun Larsen, 80), Vitsel, Sanço, Filipp (Pako Alkaser, 63), Gerreyru, Getse.
Ogohlantirişlar: Mateniya (88), Vitsel (89).


Mavzubop

















