Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘inining “mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish haqida” 2018 yil 3 iyuldagi 497-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar:

Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 3 iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatida:

a) “Qishloqlar, shaharchalar, ovullar, fuqarolar yig‘inlari” bo‘limidagi “Mahalla posboni” rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

b) “Mahallalar fuqarolar yig‘inlari” bo‘limidagi “Mahalla posboni” rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

v) “Davlat xizmatchilariga mansub bo‘lgan boshqa xizmatchilar ro‘yxati” bo‘limi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldiriladi:

“9. Profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi”.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 sentyabrdagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 6-bandning oltinchi xatboshidagi “hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari” so‘zlari chiqarib tashlanadi;

b) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalarining rahbarlari” so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013 yil 7 oktyabrdagi 274-son qarorida:

a) 1-ilovada:

11-bandning yettinchi xatboshidagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari,” so‘zlari chiqarib tashlanadi;