Osiyo Chempionlar Ligasida saralash o‘yinlarining pley-off bahslari yakunlandi.
Sharqiy mintaqada Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya klublari birorta yo‘qotishsiz guruh bosqichiga yo‘l olishdi. Avstraliya bitta klubidan ajraldi.
G‘arbiy mintaqada Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘zbekistonning bittadan klubi guruh bosqichiga yo‘l oldi.
OChL pley-off bosqichi
19 fevral
Sharqiy mintaqa
Ulsan Hyundai (Janubiy Koreya) – Perak (Malayziya) 5:1
Gollar: Azhan (23 avtogol), Diskerud (56,58), Li (70), Negao (87) – Hoshim (90)
Shandong Luneng (Xitoy) – Ha Noi (Vetnam) 4:1
Gollar: Lyu Junshuay (65), Pelle (73), Lyu Binbin (86), Jou (90+2) – Nguyen Van Quyet (39)
Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – Changrai Yunayted (Tailand) 0:0 pen. 4:3
Kashima Antlers (Yaponiya) – Nyukasl Jyets (Avstraliya) 4:1
Gollar: Ito (18), Yamamoto (32), Serxio (67 pen, 90+1) – Vargas (23)
G‘arbiy mintaqa
An-Nasr (BAA) – Paxtakor (O‘zbekiston) 1:2
Gollar: Alvaro Negredo (58 pen) – Dragan Cheran (31 pen), Marat Bikmayev (50)
An-Nasr (Saudiya Arabistoni) – OKMK (O‘zbekiston) 4:0
Gollar: Xavsaviy (55), Al-G‘annam (62), Juliano (80, 90+3)
Ar-Rayyan (Qatar) – Saypa (Eron) 3:1
Gollar: Rivas (27, 90), Soriya (89) - Romizoniy (3)
Al-G‘arafa (Qatar) – Zo‘b Ohan (Eron) 2:3
Gollar: A'loiddin (21), Torimiy (36) – Osaguona (47), Mutohiriy (63), Mahdiy (79)

















