14 mart kuni II Farmatsevtika anjumani doirasida Özbekistonda farmatsevtika sohasining eng faol işçilarini taqdirlaşga bağişlangan Pharmclub Awards 2018 marosimi bölib ötadi. Kun.uz muxbiri 20 fevral kuni ötkazilgan matbuot anjumanida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

II Farmatsevtika anjumanida Rossiya Federatsiyasining dorixona biznesini rivojlantiriş böyiça professional maslahatçisi, Rossiya farmatsevtik marketingi uyuşmasining haqiqiy a'zosi Pavel Lisovskiy, Ukrainaning "Tibbiy marketing agentligi" biznes-treneri, şifokor Yuriy Çertkov, Germaniya soğliqni saqlaş tizimi boşqaruvi magistri, farmatsevtika fanlari nomzodi Olga Grinsova, Qozoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş tizimi a'loçisi Jupar Baypakbayeva hamda Özbekistondan Meros korporatsiyasi boş direktori Maksim Kostromskoy, ISMO Corp Ltd kompaniyasining biznesni rivojlantiriş böyiça direktori Ilgiz Nurgalimovlar sözga çiqişadi.

Mutaxassislar farmatsevtikada rejalaştiriş, asosiy e'tiborni iste'molçiga qaratiş, personal tanlaşning öziga xos jihatlari, foydali testlar, dorixona biznesidagi asosiy jarayonlar, sohada raqobat, dorixona brendini quriş strategiyalari, xizmatlar sifatini oşiriş kabi köplab mavzularda qiziqarli ma'lumotlar bilan bölişişadi.

Pharmclub Awards 2018 taqdirlaş marosimi quyidagi yönalişlar böyiça eng yaxşilarni mukofotlaşni közda tutadi:

·      Yilning eng yaxşi işlab çiqaruvçisi (mahalliy);

·      Yilning eng yaxşi işlab çiqaruvçisi (xorijiy);

·      Yilning eng taniqli OTS (retsepsiz beriladigan) dori vositasi;

·      Yilning eng taniqli tibbiy texnika brendi;

·      Yilning eng taniqli BFQ (biologik faol qöşimça) vositasi;

·      Yilning eng yaxşi dorixona tarmoği;

·      Yilning eng yaxşi dorixonasi.

Farmatsevtika sohasining eng yaxşilariga iste'molçilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda onlayn ovoz beriladi. Buning uçun www.pharmclub.uz sayti, t.me/pharmclubuz telegram-kanaliga kiriş kerak böladi.

"Anjumandan asosiy maqsad - dorixona tizimida işlayotgan tadbirkorlar faoliyatini, farmatsevtika sohasini rivojlantiriş. Xorij tajribasiga qaraydigan bölsak, ular bu sohadagi rivojlaniş böyiça ança oldinda. Dorixona tizimida ta'lim berişdan tortib to biznes-modelni yuritgunça ular ustunlikka ega. Bizning dorixonalar ana şu afzalliklardan foydalanişidan manfaatdor bölganimiz bois mana şunday anjumanni taşkil qilişga qaror qildik. Pharmclub Awards 2018 mukofotiga keladigan bölsak, aynan onlayn ovoz beriş tizimini tanlaganmiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ovoz beriş jarayonini kuzatiş imkoni jarayonning şaffofligini ta'minlaydi. Iste'molçilar tomonidan aynan qaysi kompaniyaning dori vositalari ma'qul körilayotgani, ularning bu boradagi fikrlari biz uçun juda qiziq. Bu sohani rivojlantiriş va unda xizmat qilayotgan xodimlar uçun yaxşi turtki beradi deb hisoblayman",