18 fevral kuni ŞHT boş kotibi Vladimir Norov boşçiligidagi mazkur taşkilot delegatsiyasi ASeAN boş kotibi Dato Lim Jok Xoyning taklifiga binoan Jakarta şahriga taşrif buyurdi.

Taşrifning birinçi kunida Norov ASeANga a'zo-davlatlarning doimiy vakillari, ŞHTga a'zo-davlatlarning Indoneziyadagi elçilari va diplomatik missiyalari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.

ŞHT boş kotibi uçraşuv iştirokçilariga taşkilotning maqsad va vazifalari, faoliyati hamda yaqin istiqbolda ötkazilişi rejalaştirilgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

Vladimir Norov ŞHT va ASeAN örtasida xavfsizlikni ta'minlaş, terrorizm va separatizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş, investitsiyaviy, bank va moliyaviy hamkorlik, savdoni raqamlaştiriş, turizm, ta'lim yönalişlarida amaliy hamkorlikni yölga qöyiş böyiça aniq takliflar berdi.  

2005 yilda Jakartada ŞHT va ASeAN kotibiyatlari örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolangan bölib, unda ikki taşkilot örtasida qator yönalişlarda özaro hamkorlik örnatiş közda tutilgan.