Guliston şahrida Sirdaryo viloyati va tumanlar hokimlari, faollar, vazirlik va idoralar rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining sanoat va xizmat körsatiş salohiyatidan töliq foydalanilmayotgani, qişloq tumanlarda sanoat deyarli yöq ekanini qayd etdi. Şu bois maxsus işçi guruh yuborilib, 342 ta örta va yirik investitsiya loyihalari dasturi işlab çiqilganini ta'kidladi.

Xususan, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farhod gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qiliş, Sardoba suv omborida kiçik gidroelektr stansiyasi quriş böyiça jami 275 million dollarlik uçta loyihani amalga oşiriş boşlanadi.

Bundan taşqari, Özbekistonning Xitoy, Italiya va Qozoğistondagi elçilari tomonidan öttizga yaqin loyiha böyiça aniq takliflar şakllantirilgan. Prezidentimiz viloyatga qöşimça investitsiyalar olib keliş, tadbirkorlik taşabbuslarini yuzaga çiqarişga kömaklaşiş, qişloq xöjaligi yerlari va tomorqalardan samarali foydalaniş böyiça topşiriqlar berdi.

Yiğilişda ma'naviyat, madaniyat, ta'lim-tarbiya masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari keyingi yillarda an'anaga aylangan xayrli işlarni davom ettirgan holda, Guliston şahrida Özbekiston xalq şoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini taşkil qilişni taklif etdi. Yiğilganlar bu taşabbusni qizğin qöllab-quvvatladi.