Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi Toşkent şahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi Toşkent şahar hokimligi bilan hamkorlikda Toşkent şahrida «Yaşil belboğ» loyihasini amalga oşirişni boşladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, «Yaşil belboğ» loyihasi Toşkent şahar halqa avtomobil yöli atrofida bosqiçma-bosqiçda, xususan birinçi bosqiç 2019 yilning bahor oyida – 20 fevraldan 20 aprelga qadar, ikkinçi bosqiç kuz mavsumida – 20 oktyabrdan 20 dekabrga qadar amalga oşirilişi nazarda tutilgan. Unda şahar iqlimiga mos, suvsizlikka çidamli, tez ösadigan yaproq va igna bargli daraxt köçatlarini ekiş rejalaştirilgan.

Mazkur loyiha doirasida Obodonlaştiriş boş boşqarmasi va obodonlaştiriş boşqarmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar şakllantiriladi, şuningdek, joylarda tuman hokimliklari, korxona va taşkilotlar tomonidan belgilangan maydonlarda manzarali va mevali daraxt hamda buta köçatlari töliq ekilişi va ularning özlari tomonidan barça agrotexnika talablari asosida parvariş qilinişi ta'minlanadi.