2024 yilgi davlat dasturi loyihasida suv resurslarini tejaş va atrof-muhitni muhofaza qiliş yönalişi böyiça qator amaliy tadbirlar belgilanmoqda.

Qayd etilişiça, joriy yildan boşlab “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 mln tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar köçatlarini, qalamçalarini ekiş közda tutilmoqda. 2024 yil yakuniga qadar yaşil boğlar soni 444 taga yetkaziladi.

Ekologiya yönalişida 2024 yilda amalga oşirilişi belgilangan asosiy tadbirlar:

  • 112 ta yirik sanoat korxonasi hududida va unga tutaş hududlarda 2,1 mln tup köçatdan iborat “yaşil belboğ”lar barpo etiladi;
  • respublikada örmon bilan qoplangan maydonlarni 3,65 mln gektarga (8,1 foizga) yetkaziş çoralari köriladi;
  • yerlarni eroziyadan va melioratsiya obektlarini qum köçişidan saqlaş uçun ihota daraxtzorlari 15 014 gektarga yetkaziladi;
  • örmon xöjaliklarida nihol va köçatlar yetiştiriş 112 mln tupga yetkaziladi hamda daraxt va buta uruğlarini tayyorlaş 688 tonnaga oşiriladi;
  • iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan havoga çiqariladigan zararli gazlar hajmi 1,5 foizga qisqartiriladi;
  • 93 ta sanoat korxonasida lokal oqova tozalaş inşootlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi;
  • 14 ta hududda qarovsiz hayvonlarni saqlaş faoliyati bilan şuğullanuvçi pitomniklar yaratiladi.

Oldinroq prezident rahbarligida ötkazilgan yiğilişda yil yakuniga qadar 112 ta yirik sanoat korxonasi va barça sement işlab çiqaruvçilarda zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunalari örnatiş va eskilarini almaştiriş, havoga çang taşlaş darajasi yuqori bölgan korxonalarda filtrlarni yangilaş muhimligi ta’kidlangandi.